Toshkentdagi birinchi, Italiya va Yevropaning boshqa mamlakatlaridan keltirilgan premium darajadagi erkaklar kiyim-kechaklari butigi. 2000 yildan 2019 yilga qadar do’kon maydoni 150 kv. metrdan 1300 kv. metrgacha kengaydi, bu esa elita moda mahsulotlarining so’zsiz muvaffaqiyati va ularga bo’lgan talab oshganligini ko’rsatadi. Bugungi kunda multibrendli “New Millennium Concept Store”da 50dan ortiq Yevropaning “lyuks” brendlari hamda 500dan ortiq nomdagi mahsulotlar mavjud. Har bir yangi kolleksiya — bu nafaqat yangi dizaynerlik ishi, balki barcha davrlarning benuqson durdonasidir.

“Paul&Shark”ning nafaqat Toshkentda, balki O’zbekistonda yagona bo’lgan rasmiy butigi brend falsafasini to’liq aks ettiradi, buni nafaqat interyerda, balki merchendayzing, konsultantlar ish faoliyatining tashkil etilganligida ham ko’rish mumkin. Har bir mijozni yuqori sifatli xizmat ko’rsatish, premium xarid qilish muhiti, eng muhimi – dunyoning 70dan ortiq mamlakatlarida joylashgan “Paul&Shark” butiklarida ko’rish mumkin bo’lgan kiyim-kechak va aksessuarlarning eng yaxshi tanlovi kutmoqda.

Statistic ma’lumotlarga ko’ra, yer sayyorasining har ikkinchi aholisi “LACOSTE” kompaniyasini biladi. Qariyb 90 yildan beri ushbu brend yevropaliklar orasida eng mashhur kiyim-kechak markalaridan biri bo’lib kelmoqda, yaqindan boshlab esa brend mohiyatini aks ettiruvchi jahon standartlariga to’liq javob beradigan firma do’koni ochilishi tufayli fransuz sport estetikasi Toshkent aholisi uchun ham mavjud bo’ldi.

Dunyoga mashhur Amerikaning “TOMMY HILFIGER” brendi – eng nufuzli premium kiyim-kechak brendlaridan biri. “TOMMY HILFIGER” mahsulotlari, hatto, kundalik hayotda ham ajoyib ko’rinishga imkon beruvchi oddiyligi va o’ziga xosligi bilan do’kon mijozlarini o’ziga jalb qiladi. Do’kondan erkaklar va ayollar kiyim-kechaklari, poyabzal va aksessuarlarni topishingiz mumkin.

O’zining jinsi kiyim-kechaklari bilan tanilgan Amerikaning mashhur “LEVI'S” brendi do’koni klassikaga aylangan tovar belgisi hamda yuksak texnologiyalar yangiliklarini taqdim etadi. Brend o’zining ko’p yillik tarixiga qaramasdan, faol rivojlanishda davom etmoqda va dunyo bozorida jinsi mahsulotlari savdosi bo’yicha yetakchi hisoblanadi.

Mashhur Ispan brendi “MANGO” do’konining Toshkent moda xaritasida paydo bo’lishi mamlakatimiz ayollari hayotida haqiqiy voqea bo’ldi. Ushbu brend dunyoning 60dan ortiq mamlakatlarida mavjud edi va endi esa O’zbekistonda ham paydo bo’ldi. Biz har bir kolleksiya uchun eng aktual modellarni sinchkovlik bilan tanlab oldik va vaqt o’tishi bilan ko’plab muxlislarning e’tiborini qozona oldik.

“FASHION OUTLET” do’koni barcha do’konlar tarmog’idagi o’tgan mavsumlarning kolleksiyalarini maksimal chegirmalar bilan taqdim etadi.

“AESTHETIC ISLAND Fitness and SPA” go’zallik va salomatlik markazi, Toshkentning markazida joylashgan bo’lib, dam olish va dam olishga qulay muhitda go’zallik va salomatlikni saqlashga qaratilgan ommalashgan xizmat turlarini taklif etadi. Markaz hududida ideal jismoniy holatga imkon qadar tezroq erishish uchun eng so’nggi uskunalar bilan jihozlangan SPA, suzish havzasi, go’zallik saloni, fitness studiyalari mavjud.

“LAURA LUXURY LAUNDRY” premium kimyoviy tozalash sizning garderobingizdagi eng qimmatbaho buyumlarga noziklik bilan yondoshishni kafolatlaydi. Qulay joylashuv, Yevropadan keltirilgan uskunalar, eng so’nggi ekologik toza texnologiyalar, mukammal xizmat ko’rsatish — bularning bari sizni yana va yana qaytib kelishga undaydi.

Muvaffaqiyatga erishish — bu toqqa ko’tarilish yo’li kabidir!

Brend kiyim-kechaklar do’koni menejeri

O’zbekiston bozorida jahon multibrend do’konlariga ega “NOWADAY” MCHJ yetakchi fashion-kompaniyasi DO’KON MENEJERLARINI ishga taklif etadi!

Qo’yiladigan talablar
  • • savdo sohasida menejer sifatida ish tajribasi
  • • oliy ma’lumot
  • • qo’shimcha xorijiy tillarni bilish rag’batlantiriladi
  • • yoshi 25dan 35gacha
  • • merchendayzing qoidalarini bilish
Funksional majburiyatlar
  • • do’konni boshqarish
  • • xodimlar bilan ishlash
  • • mijozlar bazasini to’ldirish
  • • savdo va mijozlarga xizmat ko’rsatish ko’rsatkichlarini doimiy kuzatib borish
  • • mahsulot turlari va kolleksiyalarni bilish
Ish sharoiti:
  • • O’z Respublikasi Mehnat Kodeksiga asosan ishga qabul qilish
  • • to’liq bandlik
  • • grafik asosida dam olish kunlari
  • • raqobatbardosh ish haqi
 
Yulduzcha (*) bilan belgilangan maydonlarni to’ldirish shart.

Rezyumeni ilova qiling*